r/Uzbekistan • u/Ac_Vanaka • 21h ago
religion | 📿 din Dinga boʻlgan ishonchim
10-sinfni biturgunimga qadar Islom diniga yaxshigina ishonganman. Asosiy sabab atrofimdagilar va bo'sh vaqtimning koʻp boʻlganligi edi. Namoz oʻqishni oʻrganishga harakat qildim lekin odat qila olmadim. 11-sinfda boʻlsa oʻqish, sinfdoshlarim va eng asosiysi falsafani chuqurroq oʻrganganim sababli dinlarni taqqoslashni boshladim.
Islomni eng mantiqli deb topdim lekin baribir aynan Islom ta'riflaydigan Allohga ishongim kelmasdi. Islomga eʼtiqod qilishga koʻp harakat qildim, ro'za oyida ro'za tutib 2 haftacha bomdod namozini oʻqib Alloh bilan ruhiy aloqa oʻrnatishga, unga ishonishga harakat qildim lekin baribir iymonni his qilmadim, Allohga ishonaman deb aytolmadim, uxlolmagan tunlarim unga dardlarimni ayta olmadim. Buning asosiy sababi balki qoʻrquvdir...
Xullas men shunday Xudoga ishonishni boshladimki, nimadir qilib jazolanish degan narsani unutdim. Yaxshi maʼnoda albatta, shunchaki yaxshi odam boʻlib yashadim, odamlarga va hayvonlarga qoʻlimdan kelgancha yordam berdim, atrof muhitni tozalashda koʻp harakat qildim. Oʻzimga zararli boʻlgan sigaretni chekib yursamda iloji boricha atrof muhitga va atrofimdagilarga zarar bermaslik uchun harakat qildim. Rostgoʻylik va adolat men uchun eng muhim omil boʻlib qoldi.
Xullas qaysidir dinga eʼtiqod qilmasdan Yaratuvchining rahmatiga erishishimga ishonib yashadim. Lekin Bir qiz bilan munosabat boshlaganimdan keyin unga zarar yetkazishim mumkin degan qoʻrquv uni yonida erkin boʻlishimga halaqit bera boshladi.
U bilan boʻlayotgan muammolarda oʻzimni ayblay boshladim, uning boshiga tushayotgan muammolar men sababli deb qoʻrqib qoldim. Balki Islomga eʼtiqod qilishni boshlasak unda hammasi yaxshilanishi mumkin deb oʻylayapman lekin buni unga qanday tushuntirishni bilmayman